Institutning qator professor-o‘qituvchilarini Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar

05.12.2019, 17:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 748

Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining mas’uliyatli va murakkab mehnatini rag‘batlantirish va taqdirlash tizimini takomillashtirish, o‘z hayotini olijanob  ishga — insonning sog‘lig‘i va hayoti to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga bag‘ishlagan tibbiyot xodimlari faoliyatining obro‘-e’tibori va ijtimoiy ahamiyatini oshirish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan Toshkent farmatsevtika institutidan K.Cho‘lponov va yana qator professor-o‘qituvchilar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan  “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Mazkur mukofotni institut rektori I.I.Alimdjanov tantanali ravishda taqdim etdi.

Mukofot sovrindorlarini institut rahbariyati tomonidan chin qalbdan tabriklaymiz.