Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida trening bo‘lib o‘tdi.

05.12.2019, 17:01 Institut yangiliklari, Yangiliklar 401

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, shuningdek institut talabalarini kundalik axborotlardan xabardor etib borish maqsadida “Axborot va murabbiylik soati”  mashg‘ulotlarining samaradorligini yanada oshirish, hamda talabalarni bo`sh vaqtlarinini mazmunli o`tkazish maqsadida 2019-yil 4-dekabr  kuni  Sanoat farmatsiyasi yo`nalishi 203-guruh talabalari o‘rtasida institut psixologi  Axrorova Komila Boyburievna tomonidan “Talabalarda ruhiy barqarorlikni ta`minlash, jamoa bo`lib ishlashiga yordam berish, eslab qolish qobiliyatini shakllantirish” mavzusida trening bo`lib o`tdi. Trening davomida talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirish, ularning qizqishlari, bo‘sh vaqtlarining mazmunli tashkil etishlari, intilishlari bilan yaqindan tanishildi. Trening qiziqarli bahs-munozaralarga boy bo`ldi.

     

     

Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi