Farmakologiya fanidan ochiq maʼruza oʼtkazildi.

04.12.2019, 16:56 Institut yangiliklari, Yangiliklar 946

2019-yil 2-dekabr kuni dotsent D.O. Raximovaning Farmakologiya fanidan “OIT ga ta’sir etuvchi dori vositalari farmakologiyasi” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazildi.

Dotsent D.O. Raximova tomonidan o‘tkazilgan ochiq ma’ruzasida yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o‘tkazildi.  Ma’ruza uchun tayyorlangan taqdimot multimedialar yordamida namoyish etildi. Yangi dars mavzusi boshlanishidan oldin o‘tgan mavzu bo‘yicha “Blits-so‘rov” o‘tkazildi.  Tinglovchilar o‘tilgan mavzu bo‘yicha faol ishtirok etdilar. So‘ngra ma’ruza mavzusi bo‘yicha tayyorlangan tarqatma materiallar tinglovchilarga tarqatildi. Yangi mavzu taqdimot yordamida namoyish etilib, tinglovchilarga yetkazib berildi.

     

Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi 

Pharmi.uz Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling! A'zo bo'lish