“Murabbiylar” kengashi tashabbusi bilan ota-onalar bilan uchrashuv tashkil qilindi

02.12.2019, 14:06 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 93

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 28-iyuldagiMa’naviyma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risidagi PQ-3160-sonli qarori va 2018-yil 5-iyuldagiOliy ta’lim muassasalalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo’shimcha choratadbirlar to‘g‘risidagi PQ-3775-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash  maqsadida 2019-yil 30-noyabr kuni institut  kichik faollar zalida Murabbiylarkengashi tashabbusi bilan Farzand tarbiyasida otaonaning roli”, “Yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan saqlash choralari” mavzularida otaonalar o‘rtasida uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda Murabbiylarkengashi raisi N.S.Salimsakova, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, tarbiyachipedagog N.E.Yusupova, farmatsiya fakulteti dekan muovini A.A.Tagbaev hamda otaonalarning ishtiroki ta’minlandi. Suhbat jarayonida otaonalarga institutda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirib, o‘quv jarayoni, talabalarning davomati, o‘zlashtirishi va turar joylari xususida ma’lumotlar berib o‘tildi. Ota-onalar ham o‘z farzandlarining davomati, o‘zlashtirishi va institutda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib chiqdilar.