Yoshlarning kundalik hayotini foydali mazmun bilan to‘ldirishga qaratilgan Sirdaryo viloyati tajribasini keng joriy etish maqsadida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ning ijrosini ta’minlash maqsadida DVST kafedrasida Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan tadbir Hisoboti

27.11.2019, 16:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 463

2019-yil 23-noyabr kuni Yoshlarning kundalik hayotini foydali mazmun bilan to‘ldirishga qaratilgan Sirdaryo viloyati tajribasini keng joriy etish maqsadida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ning  4-si Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida DVST kafedrasida Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir DVST kafedrasi professor-о’qituvchilari va talabalar hamkorligida tashkil etildi.Tadbirni kafedra mudiri, professor V.R.Xaydarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi haqida sanoat farmatsiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Nuriddinov Tolibjon tomonidan ma’lumotlar berildi. O‘z ma’ruzasi davomida “Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894-yil Toshkentda badavlat savdogar oilasida tug‘ilgan. Yoshlik va o‘smirlik yillardagi muhit – savdogarlar, boylar va kambag‘al dehqonlar, iqtidorli hunarmandlar, doim muhtojlikda kun kechiruvchi kosiblar va yersiz dehqonlardan iborat bo‘lgan.  Ushbu mehnatkash odamlar dunyosi, shuningdek, shahar ziyolilari bo‘lajak yozuvchi shakllanishida muhim o‘rin tutdi.

Abdulla yoshiligidan uzoq umr kechirgan (Qodir aka 102 yil umr ko‘rgan) va ko‘pni ko‘rgan otasining hikoyalarini tinglab o‘tirar edi, otasidan u adabiy faoliyatida as qotgan sezgir kuzatuvchanlikni meros qilib olgan. Uning otasi bog‘dorchilikni juda yaxshi ko‘rgan, shu sabab, Qodiriyning o‘zini bog‘bonning o‘g‘liman, degan fikrlarini uchratish mumkin. Abdulla Qodiriy avvaliga musulmon maktabida (1904-1906), keyin — rus-tuzem maktabida (1908-1012) o‘qib, muvaffaqiyatli yakunlaydi. 1912-yil kelib, Abdulla Qodiriyning nisbatan birinchi adabiy tarjribalari boshlanadi. O‘zining ilk nashr etilgan asarlarida – “Xotinboz” (1915) va “Baxtsiz kuyov” (1915) hikoyalarida eski o‘zbek turmushining chizgilari hajviyona ifodalangan. 1915-1917-yillar Qodiriy Abdul Qosim madrasasida arab va fors tillarini astoydil o‘rganadi. Yozuvchining inqilobdan avvalgi asarlarida jadidchilik ta’siri seziladi” deya ta’kidladi.

Shoirning o‘zbek romanchiligiga asos solgan “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlarining qisqacha ma’zmuni haqida  sanoat farmatsiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Usubjonov Muhammadjon ma’lumot berdi.  Sanoat farmatsiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Hasanqo‘zieva Mohira tomonidan Zaynab nolasi monologi ijro etildi.

Tadbir davomida turli sahna ko‘rinishlar namoyish etildi va ishtirokchilar  o‘rtasida qiziqarli savol javoblar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda faol ishtirok etganlar kitoblar bilan taqdirlandilar.

     

     

     

DVST kafedrasi