O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot soxalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash o‘tkazilgan master klass hisoboti

25.11.2019, 17:14 Institut yangiliklari, Yangiliklar 736

2019-yil 16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot soxalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ijrosini ta’minlash yuzasidan Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining assistentlari  Z.A.Zuparova, N.S.Sadikova,  SH.SH.Xusenova, D.T.Safarova, M.SH.Jaloliddinova, K.R.Ramazonovalar ishtirokida “Sanoat farmatsiyasi” fanidan sanoat farmatsiya yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun master klass bo‘lib o‘tdi. Unda xorijiy ishlab chiqaruvchi «QURAMAX MEDIKAL» MCHJ direktori Ragxvendra Pratap Singx va menedjer Kambaraliev Baxtier Rustamovich ishtirok etib, Ragxvendra Pratap Singx «QURAMAX MEDIKAL» MCHJ faoliyati, ishlab chiqarish bo‘limlari, korxonada ishlab chiqariladigan dorilar  nomenklaturasi, dunyo bozori uni zabt etish, xorijiy korxonalar tuzilmasi bilan talabalarni tanishtirib o‘tdi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

      

      

Shu bilan birga Kambaraliev Baxtier Rustamovich tomonidan talabalarning mutaxassislik va tanlov fanlaridan olgan baholari va o‘zlashtirgan bilimlari ularning kvalifikatsion darajalariga ta’sirining muhimligi haqida tushunchani shakllantirildi. O‘quv rejasidagi kafedrada o‘qitiladigan  fanlarning muhimlilik darajasi hamda malakali kadr bo‘lib yetishishi uchun zarurligi haqida tushunchalar berildi. Ish beruvchi tashkilot va korxonalar tomonidan bitiruvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan  tanishtirib o‘tdi.

Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi