Talabalar turar joyida yana bir ko‘rik-tanlov tashkil etildi

23.11.2019, 14:31 Institut yangiliklari, Yangiliklar 438

Talabalar turar joyida yana bir ko‘riktanlov tashkil etildi. Biz yashayotgan zamin qadim zamonlardan beri madaniyat va ziyo maskani bo‘lib, xalqimiz esa dunyoni larzaga keltirgan ulug‘ zotlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan xalqdir. Bugungi kunda faxrlanib, moddiy-ma’naviy meros boralarida dunyoning sanoqli mamlakatlari bizning davlatimiz bilan bellasha olishi mumkin deb, baralla ayta olamiz. Asrlar osha qanday yutuq va marralarga erishgan bo‘lsak, albatta, buning zamirida xalqimizni kitobga bo‘lgan mehri va mutaolaga bo‘lgan ishtiyoqi balanddirMana shu an’anani davom ettirgan holatda Toshkent farmatsevtika institutida  ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus yuzasidan ya’ni to’rtinchi tashabbus: Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularo‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida 2019-yil 21 –noyabr kuni institut talabalar turar joyida talabalar o‘rtasida ko‘riktanlov o‘tkazildi. Mazkur tanlovada Abdulla QodiriyningO‘tkan kunlar”, O‘tkir Hoshumovning “Ikki eshik orasi”, Chingiz Aytmatovning “Oq kemava Paulo Koelo “Al kimyogar asarlari yuzasidan blits so‘rovnoma, savoljavob, asardan parchalar keltirgan holda o’tkazildi. Ko‘riktanlov institut tarbiyachipedagogi N.E.Yusupova va talabalar kengashi faollari tomonidan baholandi va “Clever girlsjamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova