O’zbekiston Respublikasida Qozog’istonning tibbiyot kunlari bo’lib o’tmoqda

21.11.2019, 15:57 Institut yangiliklari, Yangiliklar 676

O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish nafaqat o‘zaro hamkorlikning uzoq muddatli istiqbollari, ayni vaqtda butun Markaziy Osiyo mintaqasi barqarorligi va ravnaqini ta’minlash nuqtai nazaridan ham alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda deyarli barcha sohada O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan. Jumladan tibbiyot sohasida ham ko’plab kelishuvlar amalga oshirilmoqda. 2019-yil  21-22-noyabr kunlari O’zbekiston Respublikasida  Qozog’istonning tibbiyot kunlari bo’lib o’tmoqda. Mazkur anjumanning ochilish qismida Toshkent farmatsevtika institutining o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektori Z.A.Yo’ldashev,ilmiy va innovatsion sohalar bo’yicha prorektori N.S.Normaxamatov va FMOF kafedrasi professori H.Zaynutdinovlar qatnashdilar.

 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova