Tillar kafedrasi tashabbusi bilan mahallalarda yashovchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan aholi o‘rtasida hayriya tadbiri tashkil etildi

16.11.2019, 17:44 Institut yangiliklari, Yangiliklar 464

Institut talabalari o‘rtasida milliy qadriyatlarimizga, urf-odatlarimiz va an’analarimizga sadoqatli vorislar etib tarbiyalash hamda ular qalbida hayr-ehson, saxovat singari tushunchalarni keng targ‘ib etish hamda mahallalarda kam ta’minlangan oilalar, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar xolidan xabar olish va ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish maqsadida 2019-yil 15-noyabr kuni institut Tillar kafedrasi tashabbusi bilan “Ezgulikning umrboqiyligi”, “Yoshlar o‘rtasida hayr-saxovat tushunchalarini shakllantirish” mavzusida Toshkent shahar Mirobod tumani “Tong yulduzi” mahallasida yashovchi kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan aholi o‘rtasida hayriya tadbiri tashkil etildi. Tadbir jarayonida Toshkent shahar Mirobod tumani “Tong yulduzi” mahallasida yashovchi kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan aholi xolidan xabar olindi. Mazkur hayriya tadbirida farmatsiya fakulteti  kasbiy ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich 102-A guruh talabalari hamda tillar kafedrasi katta o‘qituvchilar S.Shukurdjanova,   N.X.Ashurovalar ishtirok etdi. Tadbir jarayonida talabalar o‘rtasida shukronalik, bag‘rikenglik hissi rivojlanishiga erishildi.

     

Nigora Ashurova Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i