Talabalar o‘rtasida “Talabalarning psixolog qarashlari” mavzusida trening tashkil etildi

16.11.2019, 17:42 Institut yangiliklari, Yangiliklar 369

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 – yil 11 – iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyilini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qarorida belgilangan vazifalar hamda institut tizimida ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, ta’lim-tarbiya sohasidagi muammolarni aniqlash va zudlik bilan hal etish, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish orqali uning natijalarini psixologik tahlil qilish ishlari natijadorligini ta’minlash, xorijiy davlatlar tajribalaridan unumli  foydalangan holda kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishga yetarli shart-sharoitlarni yaratish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 – yil 9 – noyabrdagi 1037-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 16-noyabr kuni institut talabalari o‘rtasida psixolog  Axrorova Komila Boyburievna, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ashurova Nigora Xayitovna ishtirokida talabalar o‘rtasida “Talabalarning psixolog qarashlari” mavzusida trening tashkil etildi. Tadbirda farmatsiya fakulteti 110 B guruhi talabalari o‘rtasida tashkil etilib, tadbir jarayonida talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni o‘rnatish, ularning qiziqishlari, bo‘sh vaqtlarining mazmunli tashkil etishlari, intilishlari bilan yaqindan tanishildi. Tadbir so‘ngida institut psixologi tomonidan talabalar o‘rtasida tavsiyalar berildi.

     

     

Nigora Ashurova  Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i