“Yil talabasi – 2019” tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

16.11.2019, 17:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 639

O‘zbekiston Respublikasi Oliy  va  o‘rta  ta’lim  vazirligi  va  O‘zbekiston  yoshlar  ittifoqi   Markaziy  Kengashi  tomonidan  2019-yil  yanvarda  tasdiqlangan  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligi  tizimida  2019-yilda  yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  amalga  oshirish  bo‘yicha  qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”da  belgilangan  vazifalar  hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 2-avgustdagi 702-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut talabalari o‘rtasida “Yil talabasi – 2019” tanlovi joriy etildi.

Tanlovning birinchi bosqichi fakultet akademik guruhlari talabalari o‘rtasida 2019-yil oktabr oyining birinchi o‘n kunligida, ikkinchi bosqichi fakultetlararo g‘oliblar o‘rtasida 2019-yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkazildi. Tanlov nizom talablariga muvofiq tarzda olib borildi. Mazkur tanlovning asosiy maqsadi: jamiyatga, davlatga yetuk yosh, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, oliy o‘quv yurtlardagi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, jamoatchilik fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish hamda rag‘batlantirishdan iborat.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan fanlarni o‘zlashtirish natijalari, jamoatchilik ishlari va erishilgan yutuqlar aks  etgan hujjatlari, talabalarning ilmiy va ijodiy ishlarini qabul qilish va o‘rganish asnosida tahlil etildi. Tanlovning ikkinchi bosqichida eng sara talabalarning ishlarii, hujjatlari Hakamlar hay’ati tomonidan  tekshirildi va quyidagi talabalar g‘olib deb topildi.

O‘rin tartibi

Talabalar F.I.Sh. Ta’lim yo‘nalishi

“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”

 

1-o‘rin Uzoqboev Shaxzod

Ne’mat o‘g‘li

Farmatsiya fakulteti 4 kurs 401 A guruh talabasi
2-o‘rin Nuriddinov Badriddin Fazliddin o‘g‘li Sanoat farmatsiyasi fakulteti 2 kurs 202 A guruh talabasi
3-o‘rin Xabibullaeva Nargizaxon Xamidullo qizi Farmatsiya fakulteti kasbiy ta’lim yo‘nalishi 3 kurs 302 A guruh talabasi
“Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi”
1-o‘rin Mansurov Azamat Xamidullo o‘g‘li Farmatsiya fakulteti 3 kurs 306 B guruh talabasi
2-o‘rin Xudoyberdiev Abdug‘affor Hazrat o‘g‘li Farmatsiya fakulteti 2 kurs 301 B guruh talabasi
3-o‘rin Abduraimova Arofat Uchqunovna Sanoat farmatsiyasi fakulteti Biotexnologiya yo‘nalishi 4 kurs talabasi
“Yilning eng faol ixtirochi – innovator talabasi”
1-o‘rin Xolboeva Madina

O‘rol qizi

Farmatsiya fakulteti 3 kurs 306 B guruh talabasi
2-o‘rin Ramazonova Shaxzoda Shoyim qizi Farmatsiya fakulteti 4 kurs 401 B guruh talabasi
3-o‘rin Abduxoliqova Nargiza O‘ktamovna Magistratura talabasi
“Yilning eng faol sportchi talabasi”
1-o‘rin Sultonova Oydin

Marat qizi

Farmatsiya fakulteti 2 kurs 208 A guruh talabasi
2-o‘rin Axmatova Gulhayo

Qarshiboy qizi

 

Sanoat farmatsiyasi fakulteti Biotexnologiya yo‘nalishi 4 kurs 401 A guruh talabasi
3-o‘rin Norqulova Madina

Shuhrat qizi

 

Sanoat farmatsiya fakulteti 3 kurs 305 A guruh talabasi
“Yilning eng faol ijodkor talabalari”
1-o‘rin Asanova Dildora

Ilxomboy qizi

Farmatsiya fakulteti 3 kurs 303 A guruh talabasi

 

2-o‘rin Sultonov Fozilxon Mo‘minjon o‘g‘li Sanoat farmatsiyasi fakulteti 3 kurs 307 A guruh talabasi
3-o‘rin Komilov Jahongir Faxriddin o‘g‘li Sanoat farmatsiyasi fakulteti 2 kurs 204 A guruh talabasi
“Yilning eng namunali tadbirkor talabasi”
1-o‘rin Otajonova Marhabo

Otabek qizi

Farmatsiya fakulteti 3 kurs 303 A guruh talabasi
2-o‘rin Qodirova Laylo Nuriddinovna Sanoat farmatsiyasi fakulteti 2 kurs 209 B guruh talabasi
3-o‘rin Shomurodov Davronbek Kamol o‘g‘li

Farmatsiya fakulteti 5 kurs 509 A guruh talabasi

Tanlov g‘oliblarini mubarakbod etamiz. Bu kabi yutuqlar bardavom etishiga tilakdoshmiz.