Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi tashabbusi bilan “Sport tinchlik elchisi” shiori ostida talabalar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi

16.11.2019, 12:42 Institut yangiliklari, Yangiliklar 358

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2019-yil 4-sentabrda o‘tkazilgan 36-sonli videoselektor majlisining bayonida belgilangan vazifalar hamda institutdagi sport inshoatlari quvvatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar, talabalarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga muntazam jalb etish choralarini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 20-sentabrdagi 842-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institut talabalar o‘rtasida sportning volebol turi bo‘yicha “Sport tinchlik elchisi” shiori ostida musobaqa tashkil etildi. Tadbir jarayonida farmatsiya fakulteti va sanoat farmatsiyasi fakulteti talabalari o‘rtasida olib borildi. Musobaqa jarayonlarini tibbiy va biologik kimyo kafedrasi jismoniy tarbiya o‘qituvchilari Sh.O.Berdiev, V.Qosimova hamda Abduraxmonova Alla Akmalovna, Kostrikova Irina Vasilevna, Kasimova Visola Sagdullaevnalar baholab borishdi va g‘olib jamoalar keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

     

Nigora Ashurova  Yoshlar bilan ishlash,  ma’naviyat va ma’rifat  bo‘lim boshlig‘i