Toksikologik kimyo kafedrasi murabbiylari guruhidagi talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrifini uyushtirishdi

16.11.2019, 12:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 391

Institut miqyosida tashkil etilgan “Ma’naviyat kuni” tadbiri doirasida, instituti Farmatsiya fakulteti Kasbiy ta’lim yo‘nalishi 5-bosqich 501-A,B guruh talabalari o‘rtasida “Talaba qizlarni sharm-hayo, ibo, iffat singari o‘zbekona odob-ahloq qoidalari asosida tarbiyalash”  mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur mavzuda guruh murabbiysi N.A.Abdullabekova so‘zga  chiqib, asosan talaba qizlar bilan ularning yurish-turishi, o‘zini jamoat joyida va uyda, kattalar orasida, begonalar orasida qanday tutishi, odob-ahloq doirasida hatti-harakatlar qilish kerakligi haqida ta’kidladi. Ayniqsa o‘zbek qizlariga xos bo‘lgan sharqona iffat, sharm-hayo kabi odatlardan chetga chiqmay, yevropa modasiga amal qilaman deb, bachkana odatlarga o‘rganib qolmay, o‘z milliyligini saqlab qolish zarurligi uqtirildi. Bir qancha misollar keltirgan holda murabbiy qizlarni o‘zbekona odob-ahloq qoidalariga amal qilishga undab, “Kiyinish madaniyati, ibo, iffat haqida” so‘z yuritdi. Suhbatdan so‘ng 16 nafar talabalar bilan murabbiy N.A.Abdullabekova “Qatog‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurildi.

Nigora Ashurova Yoshlar bilan ishlash,  ma’naviyat va ma’rifat  bo‘lim boshlig‘i