Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan tarix fanlari turli muzeylarda ochiq mashg‘ulot sifatida olib borilmoqda

15.11.2019, 18:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 377

Yoshlarning kundalik hayotini foydali mazmun bilan to‘ldirishga qaratilgan Sirdaryo viloyati tajribasini keng joriy etish maqsadida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”ni Toshkent farmatsevtika instituti talaba-yoshlariga qo‘llash bo‘yicha ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan tarix fanidan talabalarni “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga tashrif buyurishdi. Tashrif jarayonida ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Xusanboeva Yulduz Baxtiyoravna tomonidan temiuriy saltanati tarixi, Amir Temur siyosiy qarashlari xususida qiziqarli suhbatlar olib borildi. Bu kabi ochiq sayyor tarzda olib borilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilishi reja asosida tashkil etiladi.