Toshkent  farmatsevtika instituti rektori, professor I.I.Alimdjanov, dori turlari texnologiyasi  kafedra mudiri, professor  Yo.S.Karieva, o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i N.A.Abzalovalar 2019-yil 6-8-noyabr kunlarida  Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg  Davlat kimyo-farmatsevtika universitetiga tashrif buyurishdi.

14.11.2019, 21:48 Institut yangiliklari, Yangiliklar 729

2019-yil 6-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida «POLISAN» tadqiqot va texnologiya markazining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Sankt-Peterburg gubernatorining o‘rinbosari Yevgeniy Yelin, Sankt-Peterburg sanoat siyosati, innovatsiyalar va savdo qo‘mitasi raisi Yuriy Kalabin, «NTFF POLISAN» MChJ bosh direktori Aleksandr Borisov, «NTFF POLISAN» ilmiy-ishlab chiqarish kompaniyasi direktori Aleksey Kovalenko,  Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmatsevtika universiteti rektori I.A.Narkevich, Toshkent  farmatsevtika instituti rektori I.I.Alimdjanov va bir qator farmatsevtika sohasining yetuk mutaxassislari ishtirok etdilar. Ilmiy-texnik markazning yangi 6 qavatli binosi uchta funksional bo‘linmadan iborat: laboratoriya, texnologik va dori vositalarining barqarorligini tadqiq etish markazidan iborat bo‘lib, SPDKFU bitiruvchilari uchun 150ta ish o‘rnini yaratib bermoqda.

2019-yil 7-noyabr kuni Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmatsevtika universiteti tomonidan tashkil etilgan «Life  sciences invest. Partnering Russia» IX-Halqaro partnering-forumining  «Инноватсии в фарматсии» tematik sessiyasida dori turlari texnologiyasi  kafedra mudiri, professor  Y.S.Karieva va o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i N.A.Abzalova og‘zaki ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar va sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.

2019-yil 8-noyabr kuni I.I.Alimdjanov, Y.S.Karieva va N.A.Abzalovalar Davlat akademik kapellasida Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmatsevtika universitetining 100 yilligiga bag‘ishlangan plenar yig‘ilishida  ishtirok etdilar. Tantanaga mamlakatning birinchi vakillari – Rossiya Federatsiyasi Kengash raisi, Sankt-Peterburg davlat hokimiyati ijroiya organi parlamentining yuqori palatasidagi vakili Valentina Matvienko, Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov, Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Aleksey Besprozvanniy, Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Tatyana Semenova va boshqa rasmiy vakillar tashrif buyurishdi.

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi orasidagi yuqori darajadagi kelishuvlar hamda 2018-yilda tasdiqlangan hamkorlik Memorandumiga  binoan magistratura bo‘yicha halqaro qo‘shma dastur asosida ta’lim berish haqida qo‘shimcha kelishuv shartnomasi yuzasidan muzokaralar olib borildi, shartnoma loyihasi ishlab chiqilib, tasdiqlash uchun tayyorlandi.