Toshkent  farmatsevtika  institutiga  Xitoy Xalq  Respublikasining “Shanghai  Materia Medica, Cas” insituti professorlarining tashrif

14.11.2019, 14:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 586

O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida xalqaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan Toshkent farmatsevtika institutida ham 33 nafardan ziyod davlatlar bilan xalqaro aloqalar o‘rnatilgan.

2019-yil 14-noyabr kuni  Toshkent farmatsevtika institutiga Xitoy Xalq  Respublikasining “Shanghai  Materia Medica, Cas” institutidan 9 nafar professorlar tashrif buyurdilar. Bular:

  • Instittut rahbari, professor- Li Jia,
  • Prorektor – Zhao Qiang,
  • Magistratura ta’lim bosqich rahbari –He Min,
  • Professor – Ding Kan,
  • Professor – Zhang Jiwen,
  • Professor –Xuan Lijiang,
  • Professor – Liu Hong,
  • Professor – Huang Yongzhuo,
  • Professor – Huang Wei.

Tashrif davomida turli masalalar yuzasidan kelishuvlar muhokama etildi:

  • Doktorantlar, magistrantlar va professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan o‘zaro almashishni yo‘lga qo‘yish;
  • O‘zaro qiziqish bildirilayotgan, shuningdek maxsus laboratoriyalar sohalarida ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • Magistrantlarning, doktorantlarning va professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy-pedogogik malakasini ma’ruzalar o‘qish uchun olimlarni taklif qilib, amaliy va seminar mashg‘ulotlarini o‘zaro kelishilgan dastur bo‘yicha oshirilishida yordam berish;
  • Magistrantlarning, doktorantlarning va professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy stajirovkasini rivojlantirishda yordam berish;
  • Magisterlik dissertatsiyalariga o‘zaro rahbarlik qilish.
  • Qo‘shma ta’lim dasturlarini birgalikda amaliyotga tadbiq etish, qo‘shma daraja/diplomlar dasturini rivojlantirish;
  • O‘qitishning ilg‘or usullarini rivojlantirishda o‘zaro tajriba almashish;
  • Madaniy va til o‘rgatish dasturlari bilan almashinuv;
  • Olib borilayotgan tadqiqotlarning materiallari va nashri bilan o‘zaro almashinuv;
  • Ikki tomonlama qo‘shma simpoziumlar, seminarlar va onlayn konferensiyalar tashkil etish;
  • Qo‘shma xalqaro va ilmiy loyihalar va dasturlar o‘tkazib borish va boshqa masalalar kabilar ko‘rildi.

Shuningdek ikki institut o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolash     hususida kelishildi.

                             

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova