Xayr-ehson, muruvvat o’zbek xalqiga xos fazilat

13.11.2019, 16:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 389

Dunyoda nafas olib turgan ekanmiz xayolimiz, fikrimiz va zikrimiz yaxshilik qilish bo‘lish kerak. Xayr-ehson, muruvvat, odamlarga moddiy-ma’naviy foyda yetkazish masalasida dinimizda ta’limotlar to‘la.

Biror kishiga bir narsani ehson qilsangiz yoki unga biror yaxshilik ko‘rsatsangiz, bundan dilingiz ravshan tortadi, ruhiy xotirjamlik yuzaga keladi, o‘zgalarga manfaat yetkazganingizdan xursand bo‘lasiz. Ehson qilingan kishi ham o‘ziga ko‘rsatilgan yaxshilikdan sevinadi, dilida sizga muhabbat paydo bo‘ladi, agar sizga keki bo‘lsa, unutadi. Shu tariqa jamiyatda kishilar o‘rtasida totuvlik, hurmat-ehtirom paydo bo‘ladi, osoyishtalik va farog‘at barqaror bo‘ladi.

Toshkent farmatsevtika instituti professor-o’qituvchilari  va talabalari doimiy ravishda kam ta’minlangan oilalarga, boquvchisini yo’qotgan,nogiron,keksa,ko’p farzandli oilalarga  tashrif buyurib ular holidan habar oladilar. 2019-yil 12-noyabr kuni Dori turlari texnologiyasi kafedrasi  dotsenti Sharipova Iroda, 4-kurs 406-B guruh talalabalari hamda ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i N.X.Ashurovalar  Mirobod tumanida isteqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarga tashrif buyurib ular  xolidan xabar oldilar. Tashrif jarayonida ularning  oilaviy holati bilan yaqindan tanishib chiqildi va  turli oziq-ovqat  mahsulotlari taqdim qilindi. Bu kabi tadbirlardan mahalla faollari va aholisi mamnun bo’ldilar va institut rahbariyatiga minnatdorchiligini izhor qildilar.

     

Institut  matbuot kotibi  N.L.Usmanova