Tillar kafedrasining Andijon davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikdagi masofaviy amaliy mashg‘uloti

12.11.2019, 16:39 Institut yangiliklari, Yangiliklar 622

Ta’lim tizimiga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, talaba yoshlarni  bo‘lajak kasbi va xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini orttirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish bugungi oliy ta’lim tizimining asosiy talabalaridan biridir.

Mana ikki yildan beri Toshkent farmatsevtika institutining Tillar kafedrasi Andijon davlat tibbiyot instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi bilan hamkorlikda masofaviy mashg‘ulotlarni o‘tkazib amaliyotda qo‘llab kelmoqdalar. 2019-yil 12-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Gulbahor Daminova hamda Toshkent farmatsevtika institutining Tillar kafedrasi o‘qituvchisi Nargiza Axmedovalar hamkorlikda 2–bosqich talabalari ishtirokida “Drug names” mavzusida masofaviy amaliy mashg‘ulotni o‘tkazishdi. Mashg‘ulot har ikkala oliy ta’lim muassasi talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun juda mazmunli tashkil etildi.

     

Tillar kafedrasi