Toshkent farmatsevtika instituti talabalar turar joyida yashash istagini bildirgan talabalarni turar joy bilan ta’minlash holati xususida

10.11.2019, 17:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 570

2019-yil 30-avgustda “Institut talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish to‘g‘risida”gi institut rektorining 732-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi va unga ko‘ra ishchi guruh (o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor, kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, Xotin qizlar qo‘mitasi raisi, “Murabbiylar kengashi” raisi, monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi BT yetakchisi) tasdiqlandi. Mazkur buyruqqa asosan talabalar turar joyiga talabalarni joylashtirishda ishchi guruh tomonidan institutda tahsil olayotgan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogiron, turar joyga ehtiyojmand, bundan tashqari asosan Toshkent shahrida yaqin qarindoshlari mavjud bo‘lmagan hamda shahar hayotiga moshlashish jarayonini nazoratga olib turish maqsadida 1-bosqich talabalariga va institut qoshidagi akademik lisey o‘quvchilariga talabalar turar joyidan joy ajratildi.

Hozirgi kunda 1-, 2- sonli talabalar  turar joylariga 550 nafar talaba joylashgan bo‘lib, undan 302 nafari qiz bolalarni, 248 nafari o‘g‘il bolalarni tashkil qiladi. Ushbu talabalarning 15 nafarini nogironligi bor talabalar, 27 nafari boquvchisini yo‘qotgan talabalar, 163 nafar talabalar kam ta’minlagan, 178 nafari Toshkent shahrida yaqin qarindoshlari bo‘lmagan viloyatlardan kelgan 1-bosqich talabalar va 20 nafar institut qoshidagi akademik lisey o‘quvchilari ekanligi ma’lum bo‘ldi. Talabalar turar joyiga joylashtirilgan talabalarning viloyatlar kesimida taqsimoti quyidagicha: Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 52 nafar, Namangan viloyatidan 45 nafar, Qashqadaryo viloyatidan 50 nafar, Navoiy viloyatidan 39 nafar, Buxoro viloyati 51 nafar, Jizzax viloyati 31 nafar, Samarqand viloyati 73 nafar, Andijon viloyatidan 33 nafar, Surxondaryo viloyati 53 nafar, Sirdaryo viloyati 25 nafar, Farg‘ona viloyatidan 37 nafar, Xorazm viloyati 43 nafar hamda Toshkent viloyati 7 nafar hamda 11 nafar talaba chet el fuqarolarini tashkil etadi.