Sanoat farmatsiya fakulteti tibbiy va biologik fanlar kafedrasida uzoq vaqt davomida fanga katta hissa qoʼshib kelayotgan b.f.n, professor Аbzalov А.А. ning ilmiy faoliyatiga bagʼishlangan MА’NАVIYAT SOАTI

09.11.2019, 17:04 Institut yangiliklari, Yangiliklar 97

2019-yil 04-noyabr kuni tibbiy va biologik fanlar kafedrasida uzoq vaqt davomida dorivor oʼsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi faniga katta hissa qoʼshib kelayotgan b.f.n, professor Аbzalov А.А.ning ilmiy faoliyatiga bagʼishlangan uchrashuv oʼtkazildi. Ма`ruza davomida Аbzalov А.А. ilmga kirib kelishi, uning respublikada ilm-fanga qoʼshgan hissasi va uning tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalari toʼgʼrisida soʼzlab berdi. Uchrashuvda sanoat farmatsiya fakultetining 1-bosqich talabalari va kafedra professor-oʼqituvchilari qatnashdilar. Uchrashuv yakunida talabalar oʼz qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, farmatsevtika, dorivor oʼsimliklar biotexnologiyasi faniga oid dolzarb muammolari bilan yaqindan tanishib oldilar, b.f.n, professor Аbzalov А.А. ushbu berilgan savollarga toʼliq va batafsil javoblar qaytardi.

       

Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mudiri: H.О. Nuralieva