Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasining talabalar turar joyiga tashrifi

08.11.2019, 17:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 135

8 – noyabr kuni Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi mudiri va xodimlari birgalikda talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar. Xonalar ko’zdan kechirildi, sanitar-gigiyenik holati o’rganildi.

Tashrif mobaynida kafedra mudiri F.S.Jalilov “Yoshlarning kundalik hayotini foydali mazmun bilan to‘ldirishga qaratilgan Sirdaryo viloyati tajribasini keng joriy etish” maqsadida Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar yuzasidan ularga qiziqarli kitoblar taqdim etildi.

Tashrif jarayonida talabalarning darslarga o‘z vaqtida borishi, kundalik o‘zlashtirishni yaxshilash va darslarni qoldirmaslik TTJ va  institut  ichki tartib intizomiga bo‘ysunish, talabalar haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirish asosida tushuntirish ishlari ham olib borildi.

     

Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi