DTT kafedrasida dori turlari texnologiyasi fanidan “Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ro‘yxatiga kiradigan dorilar bilan ishlash qoidalari, ular bilan murakkab poroshoklar tayyorlash” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazildi

04.11.2019, 15:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 152

Mazkur ochiq ma’ruza Farmatsiya fakulteti 3-kurs 2-oqim talabalari DTT kafedrasi dotsenti, f.f.d. I.Sh.Sharipova boshchiligida  olib borildi. Ma’ruza jarayonida talabalar bilimi  “Aqliy hujum”, “BBB” interfaol usullarini qo‘llagan holda aniqlandi. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar bilan poroshok tayyorlashni,  trituratlar texnologiyasi, trituratlar bilan poroshoklar  tayyorlash texnologiyasi va sifatini baholash bo‘yicha talabalar o‘rtasida amaliy ko‘nikmalar shakllandi.

 Ochiq  ma’ruzada kafedra o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

DTT kafedrasi