Biotexnologiya kafedrasining kollej liseylar bilan hamkorligi.

26.10.2019, 16:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 128

Biotexnologiya kafedrasi dotsenti Maxmudov Axror Abdullaevich 24.10.2019 sanada Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyida 1-bosqich o‘quvchilariga “Fermentlar. Fermentlarning klassifikatsiyasi, fermentlarni olish texnologiyasi” mavzusida mahorat darsini o‘tkazdi.

Ma’ruzada fermentlarning turli manbalardan ajratib olish texnologiyasi, fermentlarni farmatsevtikada dori vositalari sifatida ishlatilishi haqida ma’lumot berdi. Ma’ruzada pedagogik texnologiyalardan foydalanildi. O‘quvchilar tomonidan mavzuga oid savollar berildi.

     

Biotexnologiya kafedrasi