MChJ «Nika farm»da “Dori vositalarining sanoat  texnologiyasi” kafedrasi professor o‘qituvchilari 311-guruh talabalari uchun qo‘shma sikl tashkil qildi

25.10.2019, 16:33 Institut yangiliklari, Yangiliklar 170

2019-yil 22-oktabr kuni Dori vositalaring sanoat  texnologiyasi kafedrasining assistenti K.R.Ramazonova rahbarligida farmatsiya fakulteti farmatsiya yo‘nalishi 311 B guruh talabalari uchun “Tayyor dori turlari texnologiyasi” fanidan  “Bekarbon tabletkasini tayyorlash texnologiyasi” mavzusida qo‘shma sikl tashkil qilindi.

Mashg‘ulot davomida talabalar tabletka tayyorlash texnologiyasi bosqichlari bilan yaqindan tanishdilar. Asosiy va yordamchi moddalarni elash, ularni aralashtirish, aralashmadan nam donadolash usulida presslanadigan massani tayyorlash, tabletkalarni saqlash jarayonlarini kuzatdilar va keng amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

     

“Dori vositalarining sanoat  texnologiyasi” kafedrasi