DVST kafedrasi Sanoat farmatsiya fanini ”NIKA PHARM” MChJda o‘tkazdilar

25.10.2019, 16:17 Institut yangiliklari, Yangiliklar 146

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi sonli ”Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 5-maydagi PQ-2956-sonli ”O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ijrosini ta’minlash yuzasidan Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi dotsentlari N.E.Mamatmusaeva, M.Sh.Foziljonovalar Sanoat farmatsiyasi fakulteti Biotexnologiya yo‘nalishi 301 A,V va 302 A,V guruh talabalari bilan 2019-yil 25-oktabrdagi ”Sanoat farmatsiyasi” fanidan laboratoriya darslarini ko‘chma siklda ”NIKA PHARM” MChJda o‘tkazdilar.

Eslatma: O‘n uch yillik tarixi davomida MChJ «Nika Pharm» eng innovatsion, zamonaviy va texnologik jihozlangan qattiq shakldagi dori vositalarini ishlab-chiqaruvchisiga aylandi. 2006 yil 5 iyul– «Nika pharm» farmatsevtik korxonasi tashkil topdi.

2007 yil– birinchi mahsulot chiqa boshladi.

2009 yil – «Nika Pharm» MChJ Germaniya xalqaro TUV Turinger korxonasi tomonidan sertifikatsiyalanib, ISO 9001:2008 xalqaro sifat standartiga mos ekanligi isbotladi.

2009 yilning oxiri– «Nika Pharm» MChJ rahbariyati GMP «0» (noldan boshlab) dori ishlab-chiqarish qoidalari talablariga javob berish qaroriga kelib korxona maydonida global rekonstruksiyani boshlab yubordi.

2010 yil – «0» sexi ishga tushishi va birinchi dori vositalari na’munalarining chiqarilishi.

2012 yil – GMP milliy standarti sertifikatiga ega bo‘lish.

2012 yil – yuqori texnologik avtomatlashtirilgan dori vositalarini ishlab chiqaruvchi ikki barobar kuchli majmua loyihasini tayyorlash ishlari boshlandi.

2016 yil – GMP sertifikatining tasdiqlanishi.

2017 yil – O‘zbekistonda birinchi bo‘lib spreylarni ishlab chiqarish liniyasi ishga tushdi.

2018  yil – kompaniya yangi ISO 9001:2015 standartining yangi talqiniga muvoffiqligini tasdiqladi.

2018 yil – italyan sashe ishlab chiqarish va blisterli o‘ram uskunalari ishga tushirildi.

MChJ NIKA PHARM ishlab chiqarish va sotuv bo‘yicha dunyo miqyosida birinchi innovatsion farmatsevtik ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi.

«Nika Pharm» MChJ 12 yillik tajribaga ega dori vositalarini ishlab chiqaruvchi yirik korxona hisoblanadi. Mahsulotning yuqori sifati tufayli korxona – GMP; – ISO 9001: 2008; – ISO 9001: 2009; – ISO 9001: 2011; – OHSAS 18001olgan.

”NlKA PHARM” MChJ ishlab chiqarish bo‘yicha direktori S.T.Azimov tomonidan institut xodimlari va talabalari katta xurmat bilan kutib olindilar. Talabalar xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis N.A.Andreeva tomonidan texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirildilar. Korxona sex va bo‘limlari ularni ish prinsiplari va korxonadagi asbob uskunalar  haqida to‘liq ma’lumot berildi. Talabalar Rinomaks kukunlari va texnologik jarayonlarini, rinomaks tomchilarini texnologik jarayonlari bilan tanishdilar. Ular bugungi laboratoriya mashg‘ulotini va tanishuv darslarini bunday zamonaviy korxonalarda o‘tkazganliklaridan mamnun bo‘ldilar.

     

     

     

     

DVST kafedrasi