“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor – o`qituvchilari toshkent shahar olmazor tibbiyot kolleji “til millat ko’zgusi” nomli ma’naviy ma’rifiy tadbir o’tkazildi

22.10.2019, 16:30 Institut yangiliklari, Yangiliklar 127

Toshkent farmatsevtika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor- o`qituvchilari va Toshkent shahar Olmazor tibbiyot kolleji o’qituvchilarining kollej o’quvchilariga ma’naviy va ma’rifiy hamkorlikdagi    “Til millat ko’zgusi” nomli tadbir o’tkazib qaytishdi.

2019-yil 21-oktabr kuni  Olmzaor tibbiyot kollejida Ijtimoiy fanlar kafedrasi prof-o’qituvchilari  K.K.Ismailov, L.B.Sultonova, D.O.Kamalova, A.A.Xosilovalar hamda institutning faol talabalari  bo’lmish  Sanoat farmatsiyasi Metrologiya yo’nalishi 401-guruh talabasi U.Jalilova, Farmatsiya fakulteti Farmatsiya fakulteti Kasb ta’lim yo’nalishi 205- A guruh talabalari  Z Tadjiyeva, A.Duschanbayevalar tadbirda faol qatnashib qaytdilar.

Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad  O’zbek milliy tili uzoq o’tmishdan bugungi kungacha sayqallanib kelgan bo’lib, uni qadirlash me’yoriy normalarga rioya etish yoshlarning insoniy burchi ekanligini anglatishdan iboratdir. Institut professor o’qituvchilari ilmiy-uslubiy jihatdan amaliy yordam ko’rsatdilar, yoshlarga o’zbek adabiy tili borasida chuqur tushuntirishda  institut iqtidorli yoshlari o’zlarining she’riy chiqishlarni taqdim etdilar.

Kollejga ta’shrif davomida Ma’naviy – ma’rifiy  ishlar bo’yicha director o’rinbosari K.Sh. Abdurahmonova, kollej psixologi D.Q.Toshmuhamedova, XQR G.Imomova, kollej o’qituvchilari samimiy qarshi olib tadbirdan va o’zaro tajriba almashinuvdan ma’mnun bo’lishdi kelgusida hamkorlik aloqarini davom ettirishligini bildirdilar.

     

     

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi