“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o`qituvchilari Toshkent shahar Yashnobod tumani 69-maktabda  “Til millat ko’zgusi” nomli ma’naviy -ma’rifiy tadbir o’tkazib qaytishdi

22.10.2019, 16:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 153

2019-yil 22-oktabr kuni soat 1230 da Toshkent shahar Yashnobod tumani 69-maktabda, Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari K.K.Ismailov, I.Qong’irov, D.Amridinova,  D.O.Kamalova, hamda institutning faol talabalari  bo’lmish  Sanoat farmatsiyasi Metrologiya yo’nalishi 401-guruh talabasi U.Jalilova, Sanoat farmatsiyasi 103-guruh talabasi M.Allanazarova,  Farmatsiya fakulteti Kasb ta’lim yo’nalishi 205-A guruh talabalari Z.Tadjiyeva, A.Duschanbayevalar tadbirda faol qatnashib qaytdilar.

Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad  O’zbek milliy tili uzoq o’tmishdan bugungi kungacha sayqallanib kelgan bo’lib, uni qadirlash me’yoriy normalarga rioya etish yoshlarning insoniy burchi ekanligini anglatishdan iboratdir. Institut professor o’qituvchilari ilmiy-uslubiy jihatdan amaliy yordam ko’rsatdilar, yoshlarga o’zbek adabiy tili borasida chuqur tushuntirishda  institut iqtidorli yoshlari o’zlarining she’riy chiqishlarni taqdim etdilar.

Maktabga ta’shrif davomida maktab rahbari S.Q.Mahkamova samimiy qarshi olib tadbirdan va o’zaro tajriba almashinuvdan ma’mnun bo’lishdi kelgusida hamkorlik aloqarini davom ettirishligini bildirdilar.

     

     

     

     

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi