Toshkent davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan  sportning “Voleybol” turi bo‘yicha institut terma jamoasi faol ishtirok etdi

21.10.2019, 15:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 145

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 4 sentabrda o‘tkazilgan 36-sonli videoselektor majlisining bayoni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 sentabrdagi 842 – sonli buyrug‘i va Toshkent farmatsevtika institutining 2019 yil 23 sentabrdagi 807 – sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida OTM professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalarida institut jamoasi faol ishtirok etib keldi.  Jumladan, ta’lim muassasalaridagi sport inshoatlari quvvatlaridan samarali foydalanish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga muntazam jalb etish choralarini kuchaytirish maqsadida Toshkent farmasevtika instituti ayol professor-o‘qituvchilari 2019 yil 16-17 oktabr kunlari Toshkent davlat jahon tillari universitetida bo‘lib o‘tgan  sportning “Voleybol” turi bo‘yicha institut terma jamoasi faol ishtirok etdi. Mazkur sport musobaqasida institutning qo‘yidagi professor – o‘qituvchilari (ayollari) ishtirok etdi: Yuldasheva Saodat Mamasaxatovna (ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi), Iminova Inoyat Melievna (DVSSM dotsenti), Madaminova Matlyuba Axmedovna (tibbiy va biologik fanlar katta o‘qituvchisi),  Boltaeva Zebo Azatovna (Analitik kimyo kafedrasi assistenti), Norboboeva Risolat Botirovna (Biotexnologiya kafedrasi dotsenti), Karimova Nilyufar Salamjanovna (Tillar kafedra o‘qituvchi), Kiraxunova Farida Nurmamatovna (Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi dotsenti), Shukurdjanova Samiya Alimovna (Tillar kafedrasi katta o‘qituvchi). Keskin va kuchli raqobatlar asosida bo‘lib o‘tgan musobaqada institut terma jamoasi final bosqichiga chiqib, musobaqaning fahrli 3 – o‘rinni qo‘lga kiritdilar.