Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi professor-o’qituvchilarining Janubiy Qozog’iston Tibbiyot akademiyasining 40 yilligiga bag’ishlangan “Tibbiyot va farmatsiyaning zamonaviy jihatlari: ta’lim, fan va amaliyot” xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasiga tashrifi

19.10.2019, 14:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 155

2019-yil 11-12-oktabr JQTA da Janubiy Qozog’iston Tibbiyot akademiyasining 40 yilligiga bag’ishlangan “Tibbiyot va farmatsiyaning zamonaviy jihatlari: ta’lim, fan va amaliyot” xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Konferentsiya MDH va xorijiy mamlakatlarning universitetlari va oliy o’quv yurtlarida katta qiziqish uyg’otdi. Farmatsevtika va toksikologik kimyo kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan “Dori vositalari va  dorivor o’simlik xom ashyosini o’rganishga zamonaviy talablar” sektsiyasi tashkil etildi.Sektsion yig’ilishda dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi dotsenti D.T.Gaybnazarova va dots. I.M. Iminova  so’zga chiqdi.. Ma’ruzalar qizg’in bahs-munozaralarga boy bo’ldi, har bir ma’ruzachi yuqori darajadagi ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini taqdim etdi.Konferentsiya yakunlariga ko’ra barchaga sertifikatlar topshirildi, g’oliblarga diplom va esdalik sovg’alari topshirildi. Markaziy ishtirokchilar va mehmonlar tashkilotchilarga yaxshi tashkillashtirilgani va o’zaro fikr almashish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildirdilar.

       

DVSSM kafedrasi