IV Umum-Rossiya GMP konferensiyasi to‘g‘risida

19.10.2019, 13:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 134

Farmasevtik tarmoq, sanoat mutaxassislari va dorivor vositalar sifatini ta’minlab turish bilan shug‘ullanuvchi boshqa mutaxassislar ma’lumoti uchun.

Tegishli ishlab chiqarish amaliyoti – bu dogma emas, balki sohaning hayotiy tajribasidir, shu sababli, 2019 yilning 23-25 sentabr kunlari Boltiq dengizi bo‘yida Rossiya Federatsiyasi, Kalininglar viloyati, Svetlogorsk shahrining «Yantar-xol» deb nomlangan ko‘p funksional madaniyat markazida xalqaro ishtirokchilar ishtirokida IV Umum Rossiya GMP konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada yaqin va uzoq chet el mamlakatlari, shu qatori, Meksika, Kuba, Hindiston, Yaponiya, Ispaniya, Xorvatiya, Vengriya, Germaniya hamda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarining boshqaruv organlari ekspertlari va vakillari ishtirok etishdi.

Farmasevtika sohasi ekspertlari, davlat idoralari vakillari, profilga oid uyushmalar boshliqlari «Rossiya va olam. Farmasevtika bozorining potensial o‘sishini boshqarish».

Ushbu konferensiya doirasida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  • -Davlat tomonidan yordamning samarali chora-tadbirlari
  • -Qonunchilikdagi o‘zgartirishlar
  • -Dori-darmon sifatini baholashning aktual masalalari
  • -Farmasevtika ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi instrumentlar
  • – GMP inspeksiyalarini olib borish qoidalari va tartibi
  • -Eksport potensiali
  • -«Farmakonadzor» tizimini tashkillashtirish
  • -Ta’lim tizimi va kadr potensiali hamda ko‘plab boshqa masalalar

Konferensiya doirasida professional birlashmalar va uyushmalar vakillari, ishlab chiqarish mutaxassislari, farmasevtika sanoati kadrlari malakasini oshirish sohasi ekspertlarining prezentatsiyalari taqdim etildi. Shuningdek, professor Tillaeva G.U prezentatsiyasi taqdim etildi.

Rossiya GMP inspektorati vakillari GMP standartlariga mos kelishni nazorat qilish vaqtida Rossiya va chet el mamlakatlari dorivor vositalar va farmasevtik substansiyalar ishlab chiqaruvchilarida yuzaga keladigan ahamiyatli muammolarni ko‘rsatib o‘tdilar.

Svetlogorsk shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu konferensiya doirasida «Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarining yagona bozlri: o‘zaro aloqa xulosalari va perspektivalari» mavzusida panel munozara tashkil etildi, va unda Rossiya, Belorussiya, Armaniston, Qozog‘iston va boshqa davlatlar boshqaruv organlari vakillari o‘z tajribalari bilan ulashishdi.

Spikerlar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarida dorivor vositalarning muomalasi va o‘zaro e’tirof taomili sohasini boshqarish, Farmakopeya Ittifoqi masalalari va milliy qonunchilik me’yorlaridan yagona talablarga o‘tish davrining xususiyatlarini muhokama qildilar.

Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi “Tibbiy qo‘llash vositalari ekspertizasi ilmiy markazi” Federal Davlat Budjet muassasasi Bosh direktori Yuriy Olefir farmasevtika ishlab chiqaruvchilari va registratsion guvohnoma egalariga bo‘lgan murojaati davomida Ittifoq talablariga mos keluvchi dorivor vositalar registratsion hujjatlar to‘plamini keltirish tartibini rasmiylashtirmagan milliy registratsiyaga ega dori-darmonlar 2026 yilning 1 yanvaridan bozorni tark etishlarini ta’kidlab o‘tdi. Ushbu tartib o‘zida rasmiy xarakterni aks ettiradi.

     

     

DVSSM kafedrasi