“Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari ham  5 tashabbus festivali va yangi barpo etilgan sport maydonchasining ochilish marosimida faol ishtirok etdilar.

17.10.2019, 16:37 Institut yangiliklari, Yangiliklar 187

Institutda 2019-yil 16-oktabr  kuni  yoshlarning kundalik hayotini foydali, mazmunli o’tkazishga qaratilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” ijrosini ta’minlash maqsadida institut miqyosida hunarmandchilik ko‘rgazmasi hamda ma’naviy-ma’rifiy festival tashkil etildi. Festivalda 5 ta muhim tashabbusning har bir yo‘nalishi bo‘yicha talabalar o‘rtasida turli musobaqalar, tanlovlar olib borildi. Shuningdek institutda olib borilgan qator rekonstruksiya ishlaridan so‘ng talabalar uchun yangi sport maydonchasi barpo etilib, mazkur 5 tashabbus festivali bilan birga ushbu sport maydonining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Ushbu festivalda “Dori turlari tеxnologiyasi” kafеdrasi profеssor-o’qituvchilari  Yo.S.Kariyеva, Z.A.Nazarova,  G.A.Turеyеva, N.S.Fayzullaеva,  N.M.Rizayеva, F.A.Umarova, I.Sh.Sharipova, N.X.Aripova, N.Sh.Radjapova, M.A.Tashmuxamеdova, N.X.Toshpo’latova, F.X.Maksudova, N.S.Abduxalilova, U.M.Jalilov, A.S.Normurodov, M.M. Muxammadiyеvalar ishtirok etdi.

     

     

Dori turlari tеxnologiyasi kafеdrasi