Institut talabalarining  Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rasomchilik va dizayn institutiga ijodiy tashrifi

17.10.2019, 10:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 167

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish” bo‘yicha 5 muhim tashabbusning ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimiz Oliy ta’lim tizimida juda ko‘p ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 2019 yil 16 oktabr kuni Toshkent farmasevtika institutining iqtidorli talabalaridan tashkil topgan, Institut tarbiyachi-pedagogi (Badiiy to’garak rahbari) N.E.Yusupova va sanoat-farmatsiya fakulteti dekani Z.Mamatqulov rahbarligidagi Teatr-studiya jamoasi institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi F.Z.Mannapova boshchiligida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rasomchilik va dizayn institutiga ijodiy tashrifni amalga oshirdilar. Tadbir davomida institutimizning iqtidorli talabalari Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” hamda Zahiriddin Muxammad Boburning hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari bilan chiqish qildilar. Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy rasomchilik va dizayn instituti talabalari ushbu tashrifdan katta taassurotlar oldilar.

     

    

                                             

Institut matbuot kotibi N.L.Usman