5 tashabbus festivali va yangi barpo etilgan sport maydonchasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

16.10.2019, 17:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 343

Toshkent farmatsevtika institutida 2019 yil 16 oktabr  kuni soat:12-00 dan 15-00 gacha Yoshlarning kundalik hayotini foydali, mazmunli o’tkazishga qaratilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” ijrosini ta’minlash maqsadida institut miqyosida ko‘rgazma hamda ma’naviy-ma’rifiy festival tashkil etildi. Festivalda 5 ta muhim tashabbusning har bir yo‘nalishi bo‘yicha talabalar o‘rtasida turli musobaqalar, tanlovlar olib borildi.

Tashabbusning 1-yo‘nalishi: Talabalarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borildi. Jumladan, institut teatr – studiyasi a’zolari o‘rtasida O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov  ishtirokida “San’atga oshufta qalblar” mavzusida suhbat tashkil etildi. Musiqa san’atiga qiziqishi baland yoshlar tomonidan vatanparvarlik mavzularidagi qo‘shiqlar kuylandi. Rassomchilik san’atiga qiziqishi baland yoshlar o‘rtasida “tasviriy san’atning o’ziga hos jihatlari” mavzusida ko’rgazma tashkil etildi.

   

    

    

     

     

     

     

Tashabbusning 2-yo‘nalishi: Talabalarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish borasida institut sport zalida talabalar o‘rtasida shaxmat, shashka, voleybol, stol tenisi, armlesting turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Shuningdek institutda olib borilgan qator rekonstruksiya ishlaridan so‘ng talabalar uchun yangi sport maydonchasi barpo etilib, mazkur 5 tashabbus festivali bilan birga ushbu sport maydonining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

     

    

Tashabbusning 3-yo‘nalishi: Talabalar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida institutda tashkil etilgan kompyuter xonasida iqqtidorli talabalar o‘rtasida “Kompyuter savodxonligi” mavzusida soha mutaxassislari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Shuningdek institutda talabalar uchun yana  ko‘plab imkoniyatlar yaratilgan. Bunga yangi tuxfa etilishi rejalashtirilayotgan Talabalar turar joyidagi besh tashabbus xonalarini misol qilishimiz mumkin. U yerda barcha imkoniyatlar mavjuddir.

Tashabbusning 4-yo‘nalishi: Talabalar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish borasida institut hududida “Sharq ziyokori” va “O‘zbekiston” nashriyoti xodimlari tomonidan yarmarka tashkil qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Sharq yulduzi” jurnali bosh redaktori Sirojiddin Rauf, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi “Yoshlik” jurnali bosh redaktori Faxriddin Xayitning ishtirok etishlari ular bilan bo‘lib o‘tgan davra suhbati barchaga manzur bo‘ldi.

     

Tashabbusning 5-yo‘nalishi: Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash hamda talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida institut qoshida tashkil etilgan “Pazandalik sirlari”, “Karvin”, “To‘quvchilik” to‘garagi a’zolari tomonidan yaratilgan asarlar, taomlar namoyish etildi hamda talaba-qizlar tomonidan milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni targ‘ib etish maqsadida institutning 18 ta kafedralari har bir viloyatning milliy urf-odatlari  bo‘yicha ko‘rgazma tashkil qildi.

    

Tadbir jarayonida o‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari namunali ko‘rgazma orkestiri jamoasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xonanda Maxmud Nomozov tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.  Shuningdek tadbir OAVlardan “Yoshlar”, “Madaniyat va ma’rifat” telekanallari, “Yoshlar” radiosi, “Xalq so‘zi”, “Yoshlar ovozi” gazetalari va “Uza”, “EDU.uz”, “Vuz 24” da yoritilshi rejalashtirildi.

                 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova