Toshkent farmatsevtika instituti “Huquqbuzarlikni oldini olish – xalqaro tajriba” siga bag’ishlaangan II-psixologlar forumida qatnashganligi haqida

14.10.2019, 14:21 Institut yangiliklari, Yangiliklar 142

Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi D.O.Kamalovaning 2019-yil 11-oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi  Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh boshqarmasi Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Huquqbuzarlikni oldini olish – xalqaro tajriba” siga bag’ishlaangan II-psixologlar forumi qatnashganligi haqida ma’lumoti.

Bugungi kunda yoshlarni bo’sh vaqtlarini samarali tashkil etish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Buning zamirida kelajagimiz egalari bo’lmish yoshlarni o’z oldiga aniq maqsad qo’ya oladigan, yetakchi mamlakatlar orasida faxrlansa arzigulik yoshlarni tarbiyalash hamda kelgusida ularni o’zining o’rniga ega bo’lgan avlodlarni tarbiyalashdir. Respublikamizda ikki yildan buyon o’tqazilib kelinayotgan ushbu forumdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlar va voyaga yetmaganlar hamda ayollar o’rtasida huquqbuzarlik harakatlarini oldini olishda jamoatchilik hamda ta’lim muassasalar o’rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini samaradorligini ta’minlashda yagona konsepsiyani, psixolog mutaxasisslarning o’rni va rolini belgilashdan iboratdir. Forumning kirish qismini Ichki ishlar vaziri o’rinbosari- Bosh boshqarma boshlig’i General-Mayor R.Djurayev forumga bag’ishlangan nutqi bilan ochib beridi. Forumda chet-el va qo’shni  mamlakalar psixologlari tomonidan master-klass treninglari tashkil etildi. Ushbu forumdan kerakli, faktlarga asoslangan ma’lumotlar oldim, yoshlarni o’z yo’llarini topib olishda o’qituvchilar ham tirganch bo’lishi hamda huquqbuzarlikga moyilligi bor yoshlarga o’z vaqtida choralar ko’rilishi kata fojialarni oldini olishiga yana bir bor amin bo’lib qaytdim.