Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi professor-o’qituvchilari sport musobaqalarida ishtirok etdilar

12.10.2019, 14:23 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 278

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida institutimiz ma’naviyat-ma’rifat bo’limi, xotin qizlar qo’mitasi tomonidan uyushtirilgan shaxmat, shashka, badminton, stol tennis saralash bosqichlarida “Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti” kafedrasi o’qituvchilaridan I.M.Iminova, G.R.Zokirova, N.M.Vaxidova va M.K.Usmonovalar faol ishtirok etdilar.