“Talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi

11.10.2019, 16:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 209

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 oktabrdagi 87-04-2022-sonli xati ijrosini ta’minlash hamda talabalar o‘rtasida kitob o‘qish madaniyatini oshirish maqsadida maqsadida 2019 yil 11 oktabr kuni tillar kafedrasi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.X.Ashurova talabalar o‘rtasida o‘zbek adabiyoti namoyondalarining asarlari, badiiy so‘z san’atining inson ma’naviy olamini boyitishdagi o‘rni, kitob ilmlar xazinasi ekanligini ta’kidlab, mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, talabalar ham mavzu yuzasidan o‘zlari tayyorlab kelgan ko‘rgazma vositalari asosida ma’lumotlar berib o‘tdi va o‘qigan asarlari bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohazalar olib bordi.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova