“Zakovat ligasi” tanlovi bo‘lib o‘tdi

11.10.2019, 14:01 Institut yangiliklari, Yangiliklar 208

Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ma’nan yetuk kadrlar bo‘lib shakllantirish maqsadida institut miqyosida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri  2019-yil 10-oktabr kuni soat 15-00da farmatsiya va sanoat farmatsiya fakulteti  1-2-3-4-5- bosqich talabalari o‘rtasida “Zakovat ligasi” tanlovining 2-bosqichi tashkil etildi. Yoshlar ittifoqi BT tashabbusi bilan yoshlar ittifoqi BT  faollari, yosh targ‘ibotchilar, guruh sardorlari hamkorligida olib borildi. Tanlovda “Samarqand” jamoasi – 6 ball, “Amir Temur” jamoasi – 4 ball, “Iqtidor” jamoasi – 7 ball, “Yeverest” jamoasi – 6 ball, “Aristokratlar” jamoasi – 8 ballar bilan guruhlar qatnashib yuqori natijalarga erishdilar. Mazkur tanlovning saralash bosqichi noyabr oyining so‘ngi o‘n kunligida va dekabr oyining birinchi o‘n kunligida  yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi. Jami 60 nafar talaba qatnashdi.

      

     

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova