O‘simlik moddalari kimyosi institutida  Dori vositalaring sanoat  texnologiyasi kafedrasining 308  A guruh talabalari uchun qo‘shma sikl tashkil qilindi.

10.10.2019, 15:57 Institut yangiliklari, Yangiliklar 178

2019-yil 3-oktabr kuni O‘simlik moddalari kimyosi institutida   katta ilmiy xodim, farmatsevtika fanlari doktori Sh.N.Madraximov va Dori vositalaring sanoat  texnologiyasi kafedrasining assistenti Z.A.Zuparova rahbarligida sanoat farmatsiya fakulteti 308  A guruh talabalari uchun Farmatsevtik texnologiya fanidan  “Natriy xlorid va streptotsid tabletkalarini tayyorlash texnologiyasi” mavzusida qo‘shma sikl tashkil qilindi.

     

Mashg‘ulot davomida talabalar tabletka tayyorlash texnologiyasi bosqichlari bilan yaqindan tanishdilar. Asosiy va yordamchi moddalarni elash, ularni aralashtirish, aralashmadan nam donadolash usulida presslanadigan massani tayyorlash, granulalarni quritish, hosil bo‘lgan massadan boshmoqli tabletka mashinasida tabletkalar olish kabi vazifalarni o‘z qo‘llari bilan bajardilar va keng amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.