Sanoat farmatsiya fakulteti Tillar kafedrasi Prezident tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadbiri

09.10.2019, 16:37 Institut yangiliklari, Yangiliklar 131

Bugungi kunda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni bo‘sh vaktini maroqli o‘tkazish oliy ta’limning muhim vazifalaridan biri. Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida talaba yoshlarga o‘rnak bo‘ladigan o‘quv faoliyati va shaxsiy yutuqga erishayotgan iqtidorli talabalar bilan uchrashuvlar Toshkent farmatsevtika instituti Tillar kafedrasida tez-tez tashkil etib turiladi. 2019-yil 8-oktabr kuni yoshlarda san’at, madaniyat, fan va kitobxonlikni rivojlantirish hamda 2019-yil I.A.Karimov nomidagi Prezident hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi nomdor stipendiyalar sovrindolari bilan tanishtiruv ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya fakuleti 5-bosqich talabasi Narzikulova Kamola Respublika Abu Ali Ibn Sino nomidagi hamda Sanoat farmatsiyasi 4-bosqich talabalsi Jalilova Umida I.A.Karimov nomidagi Prezident stipendiyalari sovrindolari bo‘lishdi. Tillar kafedrasi sanoat farmatsiyasi 1,2-bosqich talabalari bilan ushbu sovrindorlar uchrashuvini tashkil etdi.  Tadbirda 60 nafar talaba hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.