Tillar kafedrasi tashabbusi bilan institut stipendiyantlari bilan uchrashuv tashkil etildi

08.10.2019, 15:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 122

Tillar kafedrasi tashabbusi bilan institut stipendiyantlari

bilan uchrashuv tashkil etildi

2019 yil 8 oktabr kuni institut tillar kafedrasi tashabbusi bilan Islom Karimov nomidagi stipendiya sohibi sanoat farmatsiyasi fakulteti 4 kurs talabasi Umida Jalilova hamda Ibn Sino nomidagi stipendiya sohibi Farmatsiya fakulteti 5 kurs talabasi Kamola Narziqulovalar ishtrokida talabalar o‘rtasida “Yuksak marralar sari intilayotgan yoshlar”, “Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” mavzularida davra suhbati tashkil etildi. tadbirni tillar kafedrasi mudiri S.M.To‘ychieva kirish so‘zi bilan ochib berdi va tadbirning maqsad va vazifalari hamda “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini  mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus”da belgilangan vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng Islom Karimov nomidagi stipendiya sohibi sanoat farmatsiyasi fakulteti 4 kurs talabasi Umida Jalilova hamda Ibn Sino nomidagi stipendiya sohibi Farmatsiya fakulteti 5 kurs talabasi Kamola Narziqulovalar erishgan yutuqlari, ilmiy ishlari, til o‘rganishga bo‘lgan qizqishlari, ustozlari va ularni kamolga yetkazgan ota-otalari, erishgan yutuqlari xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.  Suhbat jarayonida mazkur talabalarning ustozlari Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Marxabo Umarova, Nigora Kenjaeva, Nilufar Karimova, Maryam Osmonova hamda yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i Nigora Ashurovalar talabalarni ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ota-onalariga munosib vorislar bo‘lib kamolga yetishishlari, kitob mutolaasini shakllantirishga oid qizqiarli ma’lumotlarni berib o‘tdi. Tadbirda 60 nafar 1 kurs talabalarining ishtiroki ta’minlandi.

      

Toshkent farmatsevtika instituti

 Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabasi

Xudoyberdiev Abdulg‘offor Xazrat o‘g‘li