“Teatr – ma’naviyat o‘chog’i”

07.10.2019, 16:29 Institut yangiliklari, Yangiliklar 223

“Teatr – ma’naviyat o‘chog’i”

Talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida institutda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Turli muzeylarga, teatrlarga tashrifi amalga oshirilmoqda. 2019- yilning sentabr oyi davomida kasbiy talim  yo‘nalishi 5-kurs 501-A va B guruh talabalari o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarida vatanparvarlik, Vatan kelajagi haqida bildirilgan fikr-mulohazalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbatdan so‘ng talabalar guruh murabbiysi N.A.Abdullabekova bilan  Muqimiy nomidagi musiqali davlat teatri  tashrifi amalga oshirildi. Shuningdek farmatsiya  yo‘nalishi 5-kurs 504-A va B guruh talabalari o‘rtasida Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “5 ta muhim tashabbus” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Guruh murabbiysi A.A.Sultanova so‘zga chiqib, talabalarga san’at mavzusida so‘z yuritdi. San’at va ahloqning bosh mavzusi insondir. San’at insonning maqsadi, manfaatlari, fikr mulohazalari, his tuyg‘ulari, ichki kechinmalari nuqtai nazaridan aks ettirsa, ahloq inson ijtimoy aloqalari va munosabatlarining mag‘ziga singib ketadi. Odamlarning o‘zaro munosabatlari va muomalasi ahloqning bevosita ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda estetik tarbiyaning ko‘lami tobora kengaymoqda. Shunga ko‘ra, estetik tarbiya o‘z oldiga talaygina ulug‘vor vazifalarni qo‘ygan; shulardan kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o‘zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish; o‘tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg‘otish, milliy g‘urur, milliy iftihor tuyg‘ularini shakllantirish; ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ‘ib qilishga undashdek dolzarb vazifalar ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Suhbatdan so‘ng guruh murabbiysi A.A.Sultanova talabalari bilan Muqimiy nomidagi musiqali davlat teatriga  tashrif buyurdi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova