Institutda kafedralar o‘rtasida “Ma’naviyat kuni” tashkil etib borilmoqda

07.10.2019, 16:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 117

Institutda kafedralar o‘rtasida “Ma’naviyat kuni”

tashkil etib borilmoqda

Institutning barcha kafedrlari miqyosida “Ma’naviyat kuni” tadbirlari muntazam ravishda tashkil etib borilmoqda.

Toksikologik kimyo kafedrasi “Мa’naviyat kuni” tadbirida Farmatsiya fakul’teti 2-kurs, 203 A,B gurux talabalari o‘rtasida “Milliy kadriyatlarimizga sadoqatli vorislarni tarbiyalashda oilaning o‘rni ”mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur mavzuda guruh murabbiysi C.G‘.Kamolova so‘zga chiqib, mamlakatimiz hayotining har bir jabhasida kechayotgan tub islohotlarda, eng avvalo, adolat tamoyillariga asoslangan demokratik huquqiy jamiyat qurish, xalq farovonligini oshirish, inson manfaatlarini oliy qadriyat darajasiga ko‘tarish, har bir fuqaroning haq-huquqlari himoyasini ta’minlashdek ezgu maqsadlar mujassamlashtirishda oilaning o‘rni beqiyosligi xususida so‘z yuritdi. Shuningdek oila orqali inson tarbiya topishi, shakllanishi  va  komil inson bo‘lib yetishishi  xususida takidlab o‘tildi. Mazkur yig’lishdan so‘ng 18 nafar talabalar guruh murabbiysi C.G‘.Kamolova boshchiligida Mingo‘rik tepaligiga  tashrif buyurib  tepalik tarixi bilan tanishdilar.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova