Toshkent farmatsevtika instituti rektorining bayram tabrigi

30.09.2019, 21:45 Institut yangiliklari, Yangiliklar 172

Toshkent farmatsevtika instituti rektoritabrigi

Dunyoda shunday insonlar bo‘ladiki, ular hardoim el ardog‘ida, hurmat e’tiborida bo‘lishadi. Bu kabi insonlar kelajak avlod ta’limtarbiyasiga mas’uldirlar. Biz so‘z yuritayotgan kasb egasiga berilgan ta’rifdan anglagan bo‘lsangiz kerak. Ha ular ustozlarimizdir. Xalqimiz o‘rtasida “Ustoz otangdek ulug‘”, – deya ta’rif beriladi. Haqiqatda ustozlarimiz otaonalarimizdek aziz vajonkuyar, mehribon va sevimlidirlar. Biror kasb egasiyo‘qki, ularning tarbiyasida bo‘lmagan, mehrbulog‘idan suv ichmagan. Dono xalqimiz bejizgaUstoz ko‘rmagan, har maqomga yo‘rg‘alar”,- deyata’kidlaydi.

Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmatehtirom, cheksiz minnatdorchilik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab, ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. Eng muhimi bunday zamonaviy bilim maskanlarida jonkuyarlik va fidoyilik ko‘rsatayotgan o‘qituvchi vamurabbiylarni moddiy va ma’naviy qo‘llabquvvatlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish bo‘yicha o‘ziga xos yangi tizim joriy etildi. Bu bejiz emas. Chunki ularning mehnati ana shunday yuksak e’tibor va e’zozga munosibdir.

Umumxalq bayrami – “O‘qituvchi va murabbiylar kunimunosabati bilan halol mehnati va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun yurtimizdagi barchau ustoz va murabbiylarni institut jamoasi nomidan muborakbod etaman. Barchangizga  sog‘liq, ulkan baxt, ilmiypedagogik faoliyatingizda  zafarlar, barcha reja va orzuumidlaringizni ro‘yobga chiqishini tilayman.

Sizlarga dunyodagi ezgu niyatlar ijobatligini, el e’tirofiga, e’zoziga munosib bo‘lish baxti tark etmasligini tilab, yaqinlaringiz va shogirdlaringiz baxtiga sog‘salomat bo‘ling deymiz. Har doim elning nazarida, e’zozida bo‘lish baxti Sizlarni tark etmasin.

Toshkent farmatsevtika instituti

rektori, professor I.I.Alimdjanov