Professor Yoqutxon Kariyevani yana bir yutuqlari bilan tabriklaymiz

29.09.2019, 01:40 Institut yangiliklari, Yangiliklar 351

Professor Yoqutxon Kariyevani yana bir yutuqlari bilan tabriklaymiz

Inson hayotning murakkab so‘qmoqlaridan yura bilishi, turli xil qiyinchiliklarni yengga bilishi, chuqur bilim ko`nikma va malakaga ega bo`lishida ustoz va murabbiylarning xizmati beqiyosdir. Ushbu ulug` insoniy fazilat, ulkan sabr hamda vatan taraqqiyoti uchun fidoyilik tuyg`usiga ega bo`lgan ustozlarimiz zamonamizning har qaysi vaqtida chuqur hurmatga loyiq va sazovor bo`lgan kelajakning haqiqiy bunyodkorlari hisoblanadi. Shunday o’z kasbining fidoiy professor-o’qituvchilaridan biri Toshkent farmatsevtika institutining dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri professor Kariyeva Yoqutxon Saidkarimovna. Ular a’lo darajada masster-klass o’tib, test va BMI himoyalaridan ozod etilganliklari munosabati bilan institut rahbariyati nomidan tabriklaymiz. Kelajakdagi ishlariga omad va zafarlar tilab qolamiz.

 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova