DVST kafedrasida “Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish” fanidan o‘tkazilgan ko‘chma sikl “NIKA PHARM” MChJda olib borildi.

27.09.2019, 16:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 302

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 5-maydagi PQ-2956-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ijrosini ta’minlash yuzasidan Sanoat farmatsiyasi fakulteti Biotexnologiya yo‘nalishi 401 A, 401 B guruh talabalari bilan DVST kafedrasining dotsentlari Z.X.Zufarova, S.T.Sharipova va G.R.Raximova hamda, “NIKA PHARM” MChJ xodimlari: ishlab chiqarish bo‘yicha direktori S.T.Azimov, xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis N.A.Andreeva, omborxona mudiri O.A.Pak bilan birgalikda “Farmatsevtik ishlab chiqarishni tashkil qilish” fanidan ma’ruza va laboratoriya darslari ko‘chma siklda “NIKA PHARM” MChJda o‘tkazildi.

Ko‘chma sikl davomida “NIKA PHARM” MChJda dastlab talabalarga korxona tartib qoidalari bo‘yicha tegishli mutaxassisi Andreeva N.A. tomonidan texnika xavfsizligi bo‘yicha kirish yo‘riqnoma tashkillashtirildi. Ko‘chma sikl davomida talabalarga “NIKA PHARM” MChJ ishlab chiqarish bo‘yicha direktori Azimov S.T. ma’ruza o‘qidilar. Ma’ruza davomida talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarini berishdi. Ma’ruzadan so‘ng talabalar bilan amaliyot qismiga o‘tildi. Unda reja asosida talabalar bilan ishlab chiqarish korxonasi xom ashyo qabul qilish bo‘limidan boshlab tayyor maxsulotni sifatini baxolash, qadoqlash va o‘rash ishlari olib borilishi jarayonlari ko‘rsatildi. Bundan tashqari talabalar korxona xom ashe va tayyor maxsulot saqlash tartib qoidalari bo‘yicha ma’lumotlarni omborxona mudiri Pak O.A. tomonidan ish jarayonlari olib borilishini o‘rgandilar.