Farmatsevtik kimyo kafedrasida 3-bosqich talabalari ishtirokida, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, jasorat medali sohibi bilan uchrashuv

26.09.2019, 15:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 188

2019-yil 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar orasida  kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin – qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi sabab, bugungi kunda mana shu besh tashabbusga asoslangan talaba yoshlar bilan o‘tkazilayotgan yig‘ilishlar barcha oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilmoqda.

Shu besh tashabbusdan biri yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida institutning 3-bosqich talabalari va kafedra professor o‘qituvchilari ishtirokida 25-sentabr kuni institutni kichik faollar zalida sportni “Armrestling” turi bo‘yicha 14 karra jahon chempioni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, jasorat medali sohibi Axmedov Umid bilan uchrashuv o‘tkazildi.

     

Uchrashuvda Umid Axmedov talaba yoshlarga, “Armrestling” sporti haqida ma’lumot berib, unda  bu sport  (ing. agt – qo‘l, shgezShpyo – kurash) – sport turi, ikki kishi sportchining maxsus stolida tirsagini tayanchdan uzmasdan bir-birining qo‘lini qayirib mushti sirtini stolga tekgizish uchun kurashi, shuningdek bu sport turi qadimiy sport turi ekanligi va 1962-yilda Jahon armrestling federatsiyasiga asos solinganligi, unda 95 davlat a’zo ekanligi, shuningdek O‘zbekiston 1996-yildan a’zoligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini yig‘ilish qatnashchilariga bayon qildi.

     

     

Suhbat davomida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga, sportchidan javob oldilar.

Farmatsevtik kimyo kafedrasi mudiri, dotsent: X.Q. Olimov