Sankt – Peterburg Davlat kimyo-farmatsevtika universiteti, analitik kimyo kafedrasi mudiri dotsent G.M. Alekseevani Toshkent farmatsevtika institutiga tashrifi.

23.09.2019, 17:36 Institut yangiliklari, Yangiliklar 159

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775 sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamalakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, PQ-4310 sonli tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fan tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida, Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmatsevtika universiteti, analitik kimyo kafedrasi mudiri dotsent Galina Mixaylovna Alekseeva 2019-yil 22-29-sentabrda Toshkent farmatsevtika institutiga tashrif buyurdi. Dotsent Galina Mixaylovna Alekseeva analitik kimyo kafedrasi o‘qituvchilari va 2-bosqich farmatsiya va sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlari talabalariga ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.