Ustozlarga ehtirom

19.09.2019, 18:57 Institut yangiliklari, Yangiliklar 206

O‘qituvchi, murabbiy, ustoz. Barchamizning qalbimizga  yaqin bo‘lgan oddiygina bu so‘zlar zamirida  kattta ma’no va mazmun mujassam. Zero, har qaysi inson o‘qituvchining qo‘lida savod chiqaradi, murabbiy va ustozdan ta’lim oladi, tarbiya topadi. Bugun biz biron kasbni egallab, Vatan va el koriga yarayotgan ekanmiz, avvalo, ulardan minnatdor bo‘lmog‘imiz tabiiy, albatta. Ustozlar shogirdlarga saboq berib, ularni to‘g‘ri yo’lga  boshlaydilar. Shogirdlariga qalb qo‘rini beradilar. Bu ishda hatto jonlarini ham ayamaydilar. Ular bor ekan, mamlakat tarraqiy topadi, barkamol avlod unibo‘saveradi. Mana shunday faxriy professoro‘qituvchilarimizdan farmatsevtlar malakasini oshirish kafedrasi professori, farmatsevtika fanlari doktori Zaynutdinov Hikmatullo Sunnatovich va farmokognoziya  kafedrasi mudiri professor O‘rmanova Flyura Faridovna ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Yig‘lishda professor-o‘qituvchilarimiz fanga bo‘lgan qiziqishlari, erishgan yutuqlari, bugungi kunga qadar yaratgan ixtirolari hamda milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga sadoqatli vorislar bo‘lib kamolga yetishtirish xususida  to‘xtalib talabalarga hayotda, ta’lim jarayonida foydali maslahatlarini berdilar.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova