Toshkent farmatsevtika institute “Doktorantlar maktabida” tahsil olayotgan tayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilarning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi.

19.09.2019, 16:15 Institut yangiliklari, Yangiliklar 164

O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligining  2019-yil 26-iyundagi 572-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Talabgorlarning yakka  tartibdagi rеjasi bajarilishini xar chorakda monitoring qilish tartibi to’g’risida”gi nizomning ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlarlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi  “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora –  tadbirlari to‘g‘risidagi”gi 304-son  Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom»ning 52-bandiga muvofiq    “Doktorantlar maktabida” tahsil olayotgan   tayanch doktorant (Phd) va doktorant (DSc) larning faoliyati samaradorligi monitoringi bo’lib o’tdi. Monitoringni Toshkent farmatsevtika instituti rektori professor  I.I.Alimdjanov, ilmiy ishlar va  innovatsiyalar bo’yicha prorektori k.f.d.  N.S.Normahamatov va  ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog  kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i M.T.Mullajonovalar tomonidan o‘tkazildi. Xar bir tayanch doktorant (Phd), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilar bilan individual gaplashilib, ularni ilmiy ishlarini reja asosida olib borilayotganligi, chop etilgan maqolalari va kutilayotgan  natijalar to‘g‘risida batafsil suxbatlashildi.