“Yosh mutaxassis bilan uchrashuv”

17.09.2019, 15:42 Institut yangiliklari, Yangiliklar 216

2019-yil, 16-sentabr kuni Toshkent Farmatsevtika instituti Tillar kafedrasi tashabbusi bilan 1-kurs talabalarining tanlagan sohalariga hamda hozirda zamon talabi bo’lgan Ingliz tilini o’rganishga qiziqishlarini orttirish maqsadida “Farmformat” korxonasi texnolog konsultanti Yunusxodjayev Ahrorxoja Bahodirxojayevich bilan 1-kurs talabalari o’rtasida uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda Tillar kafedrasining ustoz – murabbiylari hamda 100 dan ortiq 1-kurs talabalari ishtirok etdilar.

Uchrashuv jarayonida yosh va tajribali hamda ingliz tilini mukammal egallagan mutaxxassis Yunusxodjayev Ahrorxo’ja yurtimizda sanoat farmatsiyasining o’rni va rivojlanishi haqida, sanoat farmatsiyasida faoliyat yuritib orttirgan tajribalari, Misr, Ispaniya, Xitoy, Rossiya kabi qator mamlakatlarning xalqaro konferensiyalarida ishtirok etib, ulardan olgan taassurotlari va yangiliklari bilan o’rtoqlashdi va   talabalarga ularni tanlagan kasblariga oid qiziqarli ma’lumotlar berdi.

Talabalar o’zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. Uchrashuv juda mazmunli va samarali o’tdi.